Imkoniyatlar haqida ma`lumot

Chakana savdo biznesi uchun kerakli barcha vositalar

Tovarlarning hisob-kitobi

01
pos
pos
pos

Mahsulotlar katalogi

Tovarlarning barcha mavjud xususiyatlari va narxlari bo'yicha tezkor va kengaytirilgan qidiruv tizimi sizga va sotuvchilaringizga turli hududlarda joylashgan do'konlar, omborxonalar va savdo nuqtalarida tovarlar mavjudligini tekshirishga yordam beradi. Endi tovarlar qoldig'ini telefonda tekshirishingiz shart emas, bu kabi ishlarni dunyoning istalgan nuqtasidan turib onlayn tarzda bajarishingiz mumkin.

Mahsulotlarni toifalarga ajratish

RIZO-da siz mahsulotlarni istalgan xususiyatlar bo'yicha toifalarga ajratishigiz mumkin: toifa, ostki toifa, mavsum, rang, jins, o'lcham, model va boshqalar. Bu hisob-kitobni to'g'ri yuritish va qaysi modellar yaxshiroq sotilayotgani, qaysilaridan xalos bo’lish lozimligi va do'kondagi mijozlar trafigini oshirish uchun qaysilarini ko'paytirish kerakligini kuzatish imkonini beradi.

Narxnomalarni chop etish

Narxnomalarni yaratish va chop etish funksiyasi bilan har xil turdagi narxnomalarni yaratish osonlashadi. Narxlarnomalarga logotip, shtrix-kod, shuningdek sizda mavjud bo'lgan tovarlarning har qanday xususiyatlarini, masalan, rangi, o'lchami, brendi, artikuli va boshqa ma'lumotlarni qo'shishingiz mumkin.

Tovarlarni tizimga ommaviy yuklash

RIZO tizimiga mahsulotlarni bir necha daqiqada qo'shishingiz mumkin, bu uchun Excel yoki CSV faylini to'ldirishning o'zi kifoya.. Tizim avtomatik ravishda faylning to'g'ri to'ldirilganligini tekshiradi, dublikatlar va har xil narxga ega mahsulotlar uchramasligini ta'minlaydi, bu esa hisob-kitobning samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Tovarlarning do'konlar o'rtasida harakatlanishi

Transfer funksiyasi yordamida tovarlarni asosiy ombordan do'konga yoki do'konlar o'rtasida ko'chirishingiz mumkin. Endi ko'chirilayotgan tovarlar haqidagi ma'lumotlarni qog'ozda yozib yurishingiz shart emas, barcha harakatlar tizimda saqlanadi, ma'lumotlarni istalgan vaqtda yuklab olish va chop etish mumkin.

Tovarlar inventarizatsiyasi

Endilikda barcha ma'lumotlarni qog'ozga yoki Excel jadvalga yozib chiqish uchun bir necha kun sarflashingiz shart emas. RIZO yordamida inventarizatsiya jarayoni bir necha soat davom etadi. Skaner yordamida barkodlarni tezda skanerlash yoki ularning miqdorini qo'lda kiritish orqali tovarlarni tekshirishingiz mumkin. Savdoni to'xtatmasdan bir vaqtning o'zida bir yoki bir nechta do'konlarni inventarizatsiya qilish imkoniyati mavjud.

Tovarlarni hisobdan chiqarish

O’g’riliklar, yo’qotishlar, nuqsonlar – bularning barchasini RIZO yordamida hisoblab borish mumkin. Bunday tovarlar bilan amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalar dasturda osongina qayd etib boriladi. Siz mahsulot qachon, kim va nima uchun hisobdan chiqarilganligini kuzatishingiz mumkin, bu do'konda yo'qotishlarga olib keladigan noto'g'ri operatsiyalarni kamaytirishga yordam beradi.

Tovarlarni qayta baholash

Tovarlarning tannarxi oshsa yoki narxni tezda o'zgartirishni talab qiladigan boshqa xarajatlar yuzaga kelsa, qayta baholash funksiyasi yordamida real vaqt rejimida turli do’konlardagi narxlarni o'zgartirishingiz mumkin. RIZO tizimida tovarlarni belgilangan narx, ustiga qo'yilgan narx yoki kursni hisobga olgan holda qayta baholash imkoniyati mavjud.

Tovarlar, xizmatlar, to'plamlar

Mahsulot sotish bilan birga, turli xizmatlarni ham ko'rsatasizmi? RIZO tizimida mahsulotlar, shuningdek xizmatlar va to'plamlarni yaratishingiz mumkin, natijada siz har bir mahsulot turi uchun alohida qaydlarni saqlashingiz mumkin. Har bir mahsulot turi bo'yicha hisobotlar va alohida statistik ma'lumotlar mavjud bo'ladi.

O'lchov birliklari

Turli o'lchov birliklariga ega mahsulotlar sotasizmi? RIZO tizimida hisob kitob uchun dona, kilogramm, metr va boshqa o'lchov birliklari mavjud.

Savdo va kassa

02
pos
pos
pos

Savdo

Kassirlar va sotuvchilar savdo imkoniyatlarini bir necha daqiqada o'rganishlari mumkin. Savdo jarayonida siz mijozlarni qo'shishingiz, qo'lda yoki avtomatik tarzda chegirma belgilashingiz va chekni naqd pul yoki karta bilan to'lash uchun ajratishingiz mumkin.

Qaytarishlar va almashtirishlar

Mijozga mahsulot yoki o'lcham mos kelmadimi? RIZO tizimida tovarlarni almashtirishingiz yoki qaytarishingiz mumkin, tizim avtomatik ravishda farqni hisoblab chiqadi. Kassa yopilayotganda, farqlar hisobga olinadi va siz barcha hisob-kitoblarni qo'lda amalga oshirmaysiz.

Mijoz haqidagi ma'lumotlarini qayd etish

RIZO mijoz ma'lumotlarini qo'lga kiritishi va uni tranzaksiyaga biriktirishingiz mumkin. Ushbu ma'lumotlarga asoslanib, qaysi mijozlar tez-tez qaytib kelayotgani, nimalar sotib olayotganini tushunishingiz, shuningdek marketing faolliklarini yaratishingiz va ularga SMS orqali xabar yuborishingiz mumkin.

To'lov turlari

Siz naqd pul, karta va boshqa turdagi to'lovlarni qabul qilasizmi? Dastur har xil turdagi to'lovlarni qo'llab-quvvatlaydi, ularni xohlaganingizcha qo'shishingiz mumkin.Natijada, siz kassani to'g'ri tekshirishingiz va mijozlaringiz qaysi usullar yordamida to'lov qilayotganini kuzatib borishingiz mumkin.

Shaxsiy cheklar

RIZO dasturida cheklarni marketing va reklama vositasi sifatida foydalanish mumkin. Dam olish kunlarida logotipingizni o'zgartirishingiz, do'kon haqida ma'lumot qo'shishingiz va mijozlarni maxsus chegirmalar va aksiyalar haqida xabardor qilishingiz mumkin. Cheklarning yana bir afzalligi, siz daromadlar va almashtirishlarni to'g'ri hisoblashingiz mumkin.

Onlayn kassa

Barcha sotuvlar qayd etiladigan funksional kassa apparatini real vaqt rejimida osongina va sodda tarzda solishtirishga yordam beradi. Siz o'zingizni qiziqtirgan har qanday oy, kun va soat uchun to'lov turlari va savdo operatsiyalari soni, almashtirish va qaytarishlar bo'yicha tranzaksiyalarni ko'rishingiz mumkin.

Tovarlarni alohida ajratib qo'yish

Siz xaridorlar uchun mahsulotni alohida ajratib qo'yasiz, lekin u haqda doim unutib qo'yasizmi? Siz ushbu funksiya yordamida tovarlarni ma'lum vaqtga chetga olib qo'yishingiz va uni mijozga biriktirishingiz mumkin. Tovar va sana to'g'risidagi ma'lumotlar qayd etilgan chek chop etiladi, siz uni mijozga berishingiz va tovar joylashtirilgan paketga yopishtirib qo'yishingiz mumkin.

Mijozlarni boshqarish

03
pos
pos
pos

Mijoz sahifasi

RIZO mijoz bilan shaxsiy munosabatlarni o'rnatishga yordam beradi. Siz mijoz haqidagi har qanday ma'lumotni qayd etib borishingiz mumkin, misol uchun, telefon raqamlari, yaqinlari haqidagi ma'lumotlar, manzil, maxsus eslatmalar, mijoz so'rovlari va boshqalarni yozib borishingiz mumkin.

Takliflarni shaxsiylashtirish

Xarid miqdori, o'rtacha chek, birinchi va oxirgi tashrif, mahsulot bo'yicha xaridlar tarixi va boshqa ko'plab ko'rsatkichlar mijoz profilida ko'rinadi. Ushbu ma'lumotlar yordamida shaxsiylashtirilgan takliflarni yaratishingiz mumkin, natijada konversiya va savdoni oshirasiz.

Mijoz xaridlari tarixi

Barcha do'konlardagi xaridlar tarixi, qaytarish va almashtirishlar haqidagi ma'lumotlar bir joyda saqlanadi. Siz mijozlar ma'lumotlarini tahlil qilishingiz va mijozlarning brendingizga sodiqligini oshirish uchun yaxshiroq qarorlar qabul qilishingiz mumkin bo'ladi. Mijoz ma'lum bir xarid chegarasiga yetganda yoki tug'ilgan kun kabi sabablar yuzaga kelganda sovg'alar / bonuslar taqdim etish osonroq amalga oshiriladi.

Sodiqlik dasturi

RIZO yordamida siz mijozlar haqida ma'lumotlarni osongina boshqarishingiz mumkin. Xaridlar, ro'yxatdan o'tish muddati yoki boshqa triggerlarga asoslangan sodiqlik dasturlari do'konda takroriy xaridlarni ko'paytirishga va mijozlar bilan munosabatlarni yaxshilashga yordam beradi. Keshbek va jamlab borish tizimidan foydalanishingiz mumkin.

Mijoz qarzlarini boshqarish

Agar mijoz pulini uyda unutib qoldirgan bo'lsa yoki yonida to'lash uchun yetarli mablag'i bo'lmasa, siz ularga qarz berishingiz mumkin, ma'lumotlarning barchasi RIZO tizimida qayd etib boriladi. Qaysi mijozning qancha qarzi borligi va qachon qarzini to'lashi kerakligini osongina kuzatib borishingiz mumkin.

Izohlar va qaydlar

Sizning mijozlaringiz istaklarini yozib qoldiradi, lekin ular hech qayerda hisobga olinmaydi? RIZO dasturida siz istalgan qaydlarni yozib olishingiz va ularni muhim yoki shunchaki ma'lumot uchun qabul qilinganini belgilashingiz mumkin. Bu mijoz va uning ehtiyojlari haqidagi ma'lumotlaringizni boyitadi va ularning muammolarini tezroq hal qilishga yordam beradi.

Hisobotlar va tahlillar

04
pos
pos
pos

Dashbordlar

Dashbordlar yordamida do'koningiz haqidagi muhim ma'lumotlarni dunyoning istalgan nuqtasidan olishingiz mumkin. Daromad, tranzaksiyalar sonini, yangi va qaytib kelgan mijozlar soni haqidagi, eng yaxshi sotilayotgan mahsulotlar va eng yaxshi sotuvchilar haqidagi ma'lumotlarni kuzatib boring.

Savdo bo'yicha hisobotlar

Do'konning asosiy ko'rsatkichlari bo'yicha batafsil hisobot. Savdo hisoboti sizga kunlar, oylar va soatlar kesimida aks ettirilgan sotuvlar dinamikasi, sof foyda, operatsiyalar, almashtirishlar, qaytarishlar soni va boshqa foydali ma'lumotlarni ko'rsatadi.

Mahsulot bo'yicha hisobotlar

Qaysi mahsulotlarni tez-tez sotib olish kerak, qaysilaridan esa xalos bo’lish kerak? Mahsulotlar bo'yicha hisobot mijozlaringizning ehtiyojlarini hisobga olgan holda qaysi mahsulotlar, toifalar, brendlar, o'lchamlar, ranglar yoki fasllar yaxshi sotilayotgani haqida ma'lumotlarni batafsil o'rganishga yordam beradi.

Mijozlar bo'yicha hisobotlar

Qaysi mijozlar chegirmalar vaqtida xarid qilyapti, qaysilari sodiq yoki aksincha, xarid qilishni xohlamayapti? Xaridor bo'yicha hisobot mijozlar va ularning tashriflari haqidagi barcha ma'lumotlarni o'z ichiga oladi, buning asosida siz do'konda mijozlar tajribasini yaxshilash uchun to'g'ri qarorlar qabul qilishingiz mumkin.

Sotuvchilar bo'yicha hisobotlar

Sotuvchilar va ularning faoliyati bo'yicha hisobotlar xodimlarni to'g'ri rag'batlantirishga va ular uchun bonus dasturlarini ishlab chiqishga yordam beradi.

Yetkazib beruvchilar bo'yicha hisobotlar

Buyurtmalar va yetkazib beruvchilar bo'yicha hisobotlar qaysi yetkazib beruvchining mahsulotlari yaxshi sotilayotganini kuzatib borishga yordam beradi. Shuningdek, siz qarzdorliklar va to'lovlar haqidagi ma'lumotlarni yetkazib beruvchilar va buyurtmalar kesimida ko'rib borishingiz mumkin

Grafik va jadval ko'rinishidagi hisobotlar

Deyarli barcha muhim hisobotlarni grafik va jadval ko'rinishida ko'rib chiqish, shuningdek, keyinchalik foydalanish uchun Excel'ga yuklab olish mumkin.

Hisobotlarni sozlash imkoniyati

RIZO tizimida hisobotlarni o'zingizga mos ravishda sozlashingiz va kerakli ko'rsatkichlarni aks ettirishingiz mumkin. O'zingizga mos ravishda hisobot tuzish uchun turli ko'rsatkichlardan iborat grafik va jadvallaringizni yaratishingiz mumkin.

Moliyani boshqarish

05
pos
pos
pos

Daromad va xarajatlar hisobi

Moliya modulida siz aniq hisob-kitoblarni yuritishingiz va pul qayerga sarflanganligini bilish uchun do'koningizdagi daromad va xarajatlarning har xil turlarini yaratishingiz mumkin. Misol uchun, ijara, ish haqi, bonuslar, transport, soliqlar va boshqalar uchun xarajatlarni yaratishingiz mumkin.

Kassa xarajatlari hisobi

Kassa xarajatlari shaffof ko'rinishga keladi. Kassirlar kun davomida amalga oshirilayotgan xarajatlarni va inkassatsiyani qayd etishlari va kun oxirida kassani aniq hisoblashlari mumkin. Xarajatlar tarixi yozib olinadi, do'kon boshqaruvchisi yoki egasi tomonidan nazorat qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Pul mablag'lari harakati hisobi

Kassa qanday summa bilan yopilayotgani, qaysi kassada qancha pul borligini va markaziy ofisga qancha pul o'tkazilayotganini nazorat qiling. Kassa smenalari yopilishining tarixi tizimda to'liq saqlanadi, shunda siz istalgan kunni solishtirishingiz va kassada pulni yo'qotish yoki noto'g'ri hisoblash bilan bog'liq xatolarni istisno qilishingiz mumkin.

Moliyaviy tranzaksiyalar

Daromadlar, xarajatlar, pul oqimlari va naqd pul almashinuvi bo'yicha barcha operatsiyalar moliyaviy tranzaksiyalar moduli yordamida osonlik bilan amalga oshiriladi. Daromad va xarajatlar bo'yicha har qanday tranzaksiyani yarating, ko'rib chiqing va filtrlang.

Darmoadlar va zararlar haqida hisobot

Qaysi do'kon foyda bilan, qaysinisi esa zarar bilan ishlayotganini bilmoqchimisiz? RIZO moliyaviy moduli yordamida siz bitta hisobotda qaysi do'kon foyda bilan ishlagani, qaysi do'kon zarar ko'rgani va pul qayerga sarflanganini bilib olishingiz mumkin.Ushbu ma'lumotlar sizga xarajatlarni optimallashtirishga va do'konni yanada rivojlantirish uchun to'g'ri qaror qabul qilishga yordam beradi.

Internet do'kon

06
pos
pos
pos

Internet-do'kon buyurtma qilish

Bizning jamoamiz sizga savdo uchun mo'ljallangan zamonaviy, qulay sayt yaratishda yordam beradi, shunda mijozlaringiz mahsulotlaringizni onlayn xarid qilishlari va do'koningizda mavjud mahsulotlar haqida ma'lumotlarga ega bo'lishlari mumkin.

Onlayn savdoni osongina boshlash imkoniyati

Savdo uchun mo'ljallangan chiroyli, qulay va barcha qoidalarga muvofiq yaratilgan internet-do'konlar. Barcha jarayonlar bepul o'rgatiladi. RIZO bilan mahsulotlaringizni butun dunyo bo'ylab soting.

Puxta o'ylangan navigatsiya

Saytga tashrif buyuruvchilarni xaridorga aylantirishga yordam beradigan puxta o'ylangan sayt tuzilishi. Shablonlar asosida yoki o'zingizning xohishingizga ko'ra noldan dizayn yaratish.

Do'kon bilan sinxronizatsiya

Narxlar, aksiyalar, do'kondagi qoldiqlar avtomatik ravishda sinxronizatsiya qilinadi, shu sababli zaxirada yo'q mahsulotning saytda sotilishi yoki boshqa narxda sotilishi bilan bog'liq holatlar uchramaydi.

Hammasi bir joyda

Internetdagi va do'kondagi savdo hajmini solishtiring, hisobotlarni to'g'ridan-to'g'ri telefoningizga qabul qiling va onlayndagi ishingizni yaxshilang.

Bir nechta tillar va bir nechta valyutada ishlash imkoniyati

Sayt yarating va tovarlaringizni dunyo bo'ylab o'zingiz xohlagan valyutada soting va ma'lumotlarni bir necha tillarda ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ling.

Sozlaymiz. O'rgatamiz. Tez o'rnatib beramiz.

Bizning menejerlarimiz sizga tovarlarni kiritish, uskunalarni ulash, xodimlarni o'rgatishda yordam beradi, shuningdek, 7 kunlik test foydalanish muddatini taqdim etadi!

Bepul yordam va qo'llab-quvvatlash Bepul yordam va qo'llab-quvvatlash Bepul yordam va qo'llab-quvvatlash Bepul yordam va qo'llab-quvvatlash Bepul yordam va qo'llab-quvvatlash Bepul yordam va qo'llab-quvvatlash Bepul yordam va qo'llab-quvvatlash Bepul yordam va qo'llab-quvvatlash Bepul yordam va qo'llab-quvvatlash Bepul yordam va qo'llab-quvvatlash

Hisob-kitoblaringizni qog'ozda yuritasizmi?

Tovarlaringizni hisoblash, ularni tizimga kiritish, do'koningizdagi jarayonlarni avtomatlashtirish va xodimlaringizni o'rgatishda yordam beramiz.

Menejer bilan bog'lanish

Boshqa dasturdan foydalanasizmi?

Xizmatimizga artiqcha yo'qotishlarsiz ulanishda yordam beramiz. Menejerlarimiz ma'lumotlarni ko'chirishda yordam beradi va hisob-kitobni tartibga soladi

Menejer bilan bog'lanish